Kanadaning Vinnipeg shahrida ota-ona tibbiy xatolik sababli begona bola uchun dafn marosimi o‘tkazdi. Bu haqda The Mirror nashri xabar bermoqda.
19-aprel kuni Elis Kinak va Toni Alagalakning yangi tug‘ilgan o‘g‘li og‘ir ahvolda Vinnipegdagi kasalxonaga olib kelingan. Shifokorlar chaqaloqning hayotini saqlab qololmagan. Bir necha kundan keyin chaqaloqning jasadi dafn etish uchun ota-onalarga topshirilgan.
15-may kuni shifokorlar motam tutayotgan oila bilan bog‘langan va shifoxonada chalkashlik borligini e’tirof etgan. Ota-onaga boshqa bolaning jasadi qaytarilganligi ma’lum qilingan. Ularga nima bo‘lganini batafsil tushuntirish uchun qabrdan chaqaloqning tobutini kovlab olish kerakligi ta’kidlangan.
“Men buni kim sodir etganini va voqea aynan qanday sodir bo‘lganligini bilishni istayman”, — deydi Alagalak jurnalistlar bilan suhbatda.
Kasalxonalar vakillari izoh bildirishdan bosh tortgan.
Izoh (0)