Yevro—2020 musobaqasi saralash bosqichi 3-turidan o‘rin olgan bahsda Fransiya terma jamoasi 0:2 hisobida Turkiyaga mag‘lub bo‘ldi.
Fransiya terma jamoasi so‘nggi 10 yil ichida ilk bor raqib darvozasi tomon bitta ham aniq zarba bera olmadi. Jamoa o‘yin davomida zarba berish uchun atigi 4 ta imkoniyatga ega bo‘ldi, deb yozmoqda Opta.
Qayd etish joiz, Didye Desham boshliq Fransiya termasi JCh—2018 chempioni hisoblanadi.Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)