Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar Qatar termasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida olgan jarohati sabab Amerika Kubogini o‘tkazib yuboradi (2:0). Bu haqda mamlakat futbol konfederatsiyasining rasmiy saytida xabar berildi.
Tibbiy tekshiruv natijasiga ko‘ra, PSJ o‘yinchisi o‘ng oyoq to‘pig‘idan jiddiy jarohat olgan.
Pentakampeonlar murabbiylar shtabi endi Neymarga o‘rinbosar izlashni boshlab yubordi.
Eslatib o‘tamiz, Amerika Kubogi 15-iyundan 7-iyulga qadar Braziliyada bo‘lib o‘tadi. Mazkur musobaqada mezbon jamoa Venesuela, Peru va Boliviya terma jamoalari bilan bir guruhda o‘ynaydi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)