Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQShda intensiv terapiya bo‘limining shifokori 25 nafar mijozni o‘ldirishda ayblanib qo‘lga olindi. U bemorlarga og‘riq qoldiruvchi dori vositasini haddan ortiq ko‘p yuborgan, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: Pixabay

Foto: Pixabay

Uilyam Xyuzel 25 kishining qotilligi bo‘yicha ilgari surilgan ayblovni tan olmadi va sudya uni million dollar garov evaziga qo‘yib yuborishni belgiladi.

Tergov ishlariga ko‘ra, vafot etganlarning aksariyati mustaqil nafas ololmagan va  palliativ yordamdan foydalangan, biroq ayrimlarining ahvolini yaxshilash imkoni mavjud bo‘lgan. O‘lim holatlari 2015—2018-yillar oralig‘ida qayd etilgan.

O‘tgan yilning dekabrida Xyuzel besh yildan beri ishlab kelayotgan Maunt-Karmel shifoxonasidan ishdan haydalib, Ogayo shtatida tibbiy litsenziyasidan mahrum etilgan.

Franklin okrugi prokurorining ma’lum qilishicha, u Xyuzelning topshirig‘ini bajargan shifoxonaning boshqa xodimlariga nisbatan ayblov e’lon qilish niyati da emas. Ta’kidlanishicha, tergov ishlari davom etmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Germaniyada aviatsiya xodimlari ish tashlashi tufayli Uzbekistan Airways Frankfurtga parvozni bekor qildi
Mahalliy
Buxoroda bir qancha oilaviy bog‘chalar faoliyati vaqtincha to‘xtatildi 
Iqtisodiyot
Navoiyda o‘sish, Toshkentda qisqarish: hududlarda tovarlar eksporti hajmi qanday bo‘lmoqda?