Iroq harbiy razvedkasi IShID terrorchilik uyushmasi rahbari Abu Bakr al-Bag‘dodiy haqida so‘nggi ma’lumotlarni taqdim etdi, deb xabar berdi Sputnik.
Razvedka ma’lumotlarga qaraganda, al-Bag‘dodiy Iroq va Suriya o‘rtasidagi chegara hududlari, Xoms provinsiyasi, Iroq cho‘llari va Turkiya bilan chegaradagi qurolli kuchlar bo‘lmagan hududlarda harakat qilgan.Aprel oyida, 2014-yildan beri ilk marta, IShID terrorchilik uyushmasi rahbari Abu Bakr Al-Bag‘dodiy aks etgan videoyozuv paydo bo‘lgandi. Video reolik qachon va qayerda olingan aytilmagan.
Bag‘dodiyga o‘xshagan kishi, u pastki qismi qizg‘ish rangga bo‘yagan soqol qo‘ygan. Boshqa video ishtirokchilari bilan suhbat chog‘ida u IShIDning nazoratida qolgan so‘nggi hudud — Suriyaning Baguz shahri mag‘lubiyatga uchraganini tan oladi. AQSh ittifoq kuchlari Baguz ustidan bir oy oldin nazorat o‘rnatilganini rasman e’lon qilgandi.
So‘nggi yillarda Al-Bag‘dodiyning yo‘q qilingani haqida bir necha marta xabarlar paydo bo‘lgan, biroq bu ma’lumotlar rasman tasdiqlanmagan edi.
2018-yil avgust oyida al-Sumaria telekanali Iroq razvedkasidagi manbaga asoslanib, Al-Bag‘dodiy og‘ir jarohat olgandan so‘ng falaj bo‘lib qolgan va terrorchilik uyushmani boshqarmayotgani haqida xabar bergandi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.