Joriy yilning 31-may kuni 21 yoshli amerikalik Leksi Alford Shimoliy Koreyada bo‘lib, ushbu mamlakatga kelgan tarixdagi eng yosh insonga aylandi. Bundan tashqari u dunyoning barcha mamlakatlarida bo‘lgan 24 yoshli qizning Ginnes rekordlar kitobidagi o‘rnini ham egalladi, deb xabar beradi Forum Daily.

Foto: Instagram / Lexielimitless

Kaliforniyadagi turistik agentlikka egalik qiluvchi oilada ulg‘aygan Alford dunyoning 196 ta suveren davlatida bo‘lib qaytdi.

“Avvaliga shunchaki dunyoni aylanib, o‘z dunyoqarashimni o‘zgartirmoqchi edim. Hammasi haqiqatda qiyinlashganidan keyin, qilayotgan ishlarim yosh ayollarga g‘ayrat ulashayotganini bilib qolganimdan so‘ng boshlandi. Bu kabi qo‘llab-quvvatlov taslim bo‘lmasdan, olg‘a intilishimga yordam berdi”, — deydi Alford.

Foto: Instagram / Lexielimitless

2016-yili Alford o‘z missiyasi — 196 ta suveren davlatda bo‘lib, Ginnesning rekordlar kitobiga kirish ustida qattiq ishlashni boshlaydi. Unga qadar ushbu rekord 2013-yilda 24 yoshli Jeyms Askvit tomonidan o‘rnatilgan edi.

“12 yoshimdan buyon yig‘ib kelgan pullarim sayohatimning dastlabki bir yarim yiliga yetdi. Eng maqbul takliflarni qidirish, reyslarim uchun ball va mil to‘plash yo‘llarini oldindan qidiraman. Odamlar borishni istamagan davlatlar menda ko‘proq qiziqish uyg‘otadi. Pokiston va Venesuelaga o‘xshash mamlakatlarda men boshqa yerda uchratmagan odamiylik mehri va tabiat go‘zalligini ko‘rdim”, — deydi sayohatchi.

Foto: Instagram / Lexielimitless

Uning so‘zlariga ko‘ra, viza jarayonlarining qiyinligi, turistik infratuzilmaning pastligi, xavfsiz sayohatning qimmatligi sabab G‘arbiy va Markaziy Afrika mamlakatlariga borishda muammolar yuzaga kelgan.

Foto: Instagram / Lexielimitless

Bundan tashqari Alford bir necha oylik urinishlardan so‘ng Shimoliy Koreyaga tashrif buyurishga ham muvaffaq bo‘lgan. “To‘g‘risini aytganda, siyosiy muammolar sabab mamlakatni yaxshi tomosha qila olmadi. Biroq amerikaliklarga nisbatan taqiq olib tashlangach, yana bir bor u yerga boraman”, — deydi qiz.

Foto: Instagram / Lexielimitless