4-iyun, seshanba kuni Fransiya poytaxti Parij shahrida Osiyo futbol konfederatsiyasining navbatdagi kongressi bo‘lib o‘tdi.
Unda 2023-yil bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Osiyo Kubogiga mazbonlik qiladigan davlat nomi e’lon qilindi. 2019-yil 15-may kuni Janubiy Koreya o‘z arizasini qaytarib olgandi. Da’vogarlar orasida esa faqatgina Xitoy qolgandi.
Kongressda esa Osiyo Kubogi—2023 Xitoyda bo‘lib o‘tishi rasman tasdiqlandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)