Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Janubiy Koreya hukumatining ta’kidlashicha, KXDRdagi yuqori martabali amaldorlarning qatl etilishiga Xanoyda o‘tkazilgan Amerika—Shimoliy Koreya sammitining muvaffaqiyatsiz yakunlangani sabab bo‘lmagan. Bu haqda Janubiy Koreya milliy birdamlik ishlari bo‘yicha vazirligi ma’lum qildi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.

Foto: Depositphotos

Foto: Depositphotos

Avvalroq, Bloomberg agentligi Janubiy Koreyaning Chosun Ilbo gazetasiga tayanib, KXDR rahbari Kim Chen In sammit doirasida AQSh prezidenti Donald Tramp bilan kelishuvga erishga olmagani sabab bir nechta yuqori martabali amaldorlarni qatl etishni buyurganini ma’lum qilgandi.

Idoraning qayd etishicha, yuqorida keltirilgan harakatlarning birortasi aslida bo‘lmagan.

“Shimoliy Koreya ushbu xabarni rasman tasdiqlamadi, shu sabab biz ham tasdiqlay olmaymiz”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiyada deputatlar davlat budjeti muhokamasida mushtlashdi (video)
Mahalliy
Namangandagi ko‘mir mashmashasi: aholi uchun ko‘mir sotib olish — ovoragarchilik, rahbarlar esa ko‘mirga talab uning sifati yaxshiligidan demoqda (video)
Mahalliy
Toshkentda zo‘ravonlikka qarshi kurash bo‘yicha xalqaro anjuman — suratlarda