“Chelsi” yarim himoyachisi Eden Azar Yevropa Ligasida haftaning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. Bu haqda liganing rasmiy saytida xabar berildi.
Eslatib o‘tamiz, Mauritsio Sarri jamoasi Yevropa Ligasining finalida “Arsenal”ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi (4:1). Mazkur o‘yinda 28 yoshli belgiyalik o‘z hisobiga 2 ta gol va bitta assist yozdirib qo‘ydi.
Azar bu yo‘lda jamoadoshlari Olivye Jiru, Pedro va Emersonni ortda qoldirdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)