Tatariston Oliy sudi Vladimir Putin haqidagi banner osgan kishiga qarshi qo‘zg‘atilgan ma’muriy ishni to‘xtatdi. Bu haqda Meduza xabar berdi.
Bannerda “Putin — o‘g‘ri” deb yozilgan. “Exo Moskvi” nashrining Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov bilan bo‘lib o‘tgan intervyusida jurnalist bu hol haqoratli emasmi, degan savol bergan va masala yuzasidan uning fikrini so‘ragan.
“Shaxsan men buni o‘ta qattiq haqorat deb hisoblayman”, — deydi Peskov.
Izoh (0)