Toshkent shahrida Uchtepa va Chilonzor tumanlararo reabilitatsiya markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, bu haqda Xotin-qizlar qo‘mitasi “Daryo”ga ma’lum qildi.
Mazkur markaz Prezident qarori asosida ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish, zo‘rlik ishlatishning oldini olish tizimini takomillashtirish maqsadida tashkil qilingan.
Markazda zo‘ravonlik qurboniga aylangan ayollar uchun shoshilinch ruhiy, psixoterapevtik, huquqiy yordam ko‘rsatish, zarurat bo‘lganda, ularga qo‘shimcha yordam ko‘rsatish ishlari tashkil etilgan. Shuningdek Markaz faoliyati doirasida ayollarni u yoki bu kasbga tayyorlash bo‘yicha ham yordam ko‘rsatiladi.
Ochilishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi T.Norboyeva, Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi D.Najmutdinova hamda Chilonzor va Uchtepa tuman hokimi o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi va tumanlardagi mahalla mutaxassislari va mas’ullar ishtirok etdi.
Shelterlar joylashgan aniq manzillar ayollarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida sir tutiladi.Og‘ir ahvoldagi ayollarga yordam berish maqsadida Respublika doirasida yagona qisqa 1146 raqamli — “ishonch telefoni” ishga tushirilgan.
Izoh (0)