“Barselona” bosh murabbiyi Ernesto Valverde iste’foga chiqarilishi mumkin. Klub mazkur lavozimga nomzodlar ustida ishlayapti.
Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines asosiy nomzod sifatida ko‘rilmoqda. Xabar berilishicha, kataloniyaliklar u bilan allaqachon aloqaga chiqqan.
Yaqin kunlarda “Barselona” rahbariyati joriy mavsumdagi yutuq va kamchiliklarni tahlil qilish va kelgusi rejalarni muhokama qilish uchun Valverde bilan uchrashadi. Menejerlar mutaxassisning Kataloniya klubidagi kelajagi haqida qaror qabul qiladi.
Agarda Valverde iste’foga chiqarilsa, Martines kataloniyaliklardan potensial taklif kutishga tayyor.
Ma’lumot uchun, Martines Kataloniya shahrida tug‘ilgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)