Navoiy shahrining Parvoz ko‘chasida yashovchi S.B. Toshkent viloyatining Chinoz tuman IIBga 19-may kuni 3 nafar shaxsning talonchilik qilgani yuzasidan murojaat qilgan. Bu haqda vazirlikning Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Foto: “Drive2.ru”

Ma’lum bo‘lishicha, soat 18:00 lar atrofida 3 noma’lum shaxs Toshkent shahar Chilonzor tumanida joylashgan “Abu Saxiy” savdo majmuasi oldidan uning boshqaruvidagi Cobalt mashinasiga yo‘lovchi sifatida o‘tirgan.

Chinoz tumani “Madaniyat” mahallasi hududiga yetib kelganlarida noma’lum shaxslar mashinani yo‘l chetiga to‘xtatishni aytib, uni qo‘rqitish yo‘li bilan umumiy qiymati 200 ming so‘mlik mashina himoya pultini tortib olib ketgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Toshkent viloyati Zangiota tumani “Eshonguzar” qishlog‘i “Amir Temur” mahallasida yashovchi 33 yoshli D.R., Buxoro shahar Xushun ko‘chasida yashovchi 26 yoshli Sh.A., Buxoro shahar Shayxon ko‘chasida yashovchi 29 yoshli A.Sh. sodir etganliklari aniqlanib, ushlangan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.