2019-yilning 27-may kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Toshkent shahridagi Malayziya elchixonasiga tashrif buyurdi. Bu haqda TIV xabar berdi.
TIV rahbari Malayziya podshohining otasi, sobiq Malayziya podshohi va Pahang shtati sultoni Ahmad Shoh Al-Mustain Billah ibni Al-Mahrum Sulton Abu Bakar Riayatuddin Al-Muadzam Shohning vafoti munosabati bilan chuqur ta’ziya izhor etdi va elchixonada ochilgan Hamdardlik kitobiga tegishli qayd kiritdi.
Elchi Hendi Assan O‘zbekiston tomoniga Prezident Shavkat Mirziyoyevning qayg‘uli lahzalarda Rodshoh va do‘st Malayziya xalqiga hamdardlik va dalda so‘zlari bitilgan maktubi uchun samimiy minnatdorchilik izhor etdi.
Izoh (0)