25-may, shanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 10-turi doirasida 2 ta o‘yin yakuniga yetdi.
Namanganning “Navbahor” klubi o‘z uyida “Andijon” bilan o‘ynadi.
Uchrashuvning 18-daqiqasida mehmon jamoa hujumchisi Ro‘zimboy Ahmedov hisobni ochgan bo‘lsa, 77-daqiqaga kelib “Navbahor” a’zosi Aziz Ibragimov hisobni tenglashtirdi (1:1).
Shu tariqa “Navbahor” o‘z maydonida “Andijon” bilan durang o‘ynadi (1:1).
Mazkur o‘yindan so‘ng namanganliklar 14 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida 6-o‘rinda bormoqda. “Andijon” esa 8 ochko bilan 11-o‘rinni band qilgan.
Kunning so‘nggi bellashuvida Vadim Abramov qo‘l ostidagi Toshkentning “Bunyodkor” klubi mehmonda Bekobodning “Metallurg” jamoasi bilan bahsga kirishdi.
Bellashuv davomida “qaldirg‘ochlar” a’zolari Nurillo To‘xtasinov (36) hamda Mirjahon Mirahmedov (65) urgan gollar Toshkent klubiga g‘alaba keltirdi (2:0).
Ushbu g‘alabadan so‘ng “Bunyodkor” ochkolari sonini 17 taga yetkazib oldi va musobaqa jadvalida 4-po‘gonadan joy egalladi. 8-o‘rinda borayotgan “Metallurg” hisobida esa 12 ochko mavjud.
Superliga
10-tur bahslari
25-may, shanba
“Navbahor”—“Andijon” 1:1
Gollar: 0:1 — 18 Ro‘zimboy Ahmedov, 1:1 — 77 Aziz Ibragimov“Metallurg”—“Bunyodkor” 0:2
Gollar: 0:1 — 36 Nurillo To‘xtasinov, 0:2 — 65 Mirjahon MirahmedovYanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)