Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti professor o‘qituvchilari tashabbusi bilan yozma savodxonlikni rivojlantirish maqsadida Diktant.uz loyihasi amalga oshirilmoqda, bu haqda O‘zA xabar qiladi.
Ikkinchi marotaba tashkil etilayotgan ushbu loyiha mamlakatda istiqomat qilayotgan fuqarolarning yozma savodxonligini oshirishga qaratilgan.
Hozirga qadar 2791 nafar kishi undan ro‘yxatdan o‘tgan. Ushbu loyihada ishtirok etib, o‘zbek tili kelajagi uchun muhim takliflarni bildirish uchun Diktant.uz’ga kirib ro‘yxatdan o‘tish lozim.
Ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar 28-may kuni Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universitetida bo‘ladigan diktantda faol ishtirok etishi mumkin.
Izoh (0)