Toshkent shahar hokimligi oldinda uzoq kutilgan dam olish kunlariga bir qancha tadbirlar tayyorlab qo‘ydi. Istalgan kishi ro‘yxatdagi madaniy tadbirlardan birini tanlab, xordiq chiqarishi mumkin.
25-may, 19:00—20:30 – “Toshkent seni sevadi” loyihasi doirasida Sayilgoh ko‘chasida karnay-surnay navolari, “Portal shou” va “Chinor” estrada vokal guruhlari chiqishlari hamda “Kavkaz” lezginka guruhining raqslari bo‘lib o‘tadi.
25-may, 19:00 – Zamonaviy san’at markazi maydonida Garage Screen Film Festival kinofestivalining so‘nggi kuni bo‘lib o‘tadi. Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://bit.ly/30AY2up
25-may, 16:00—21:00 – “Mosigra” do‘konida kattalar va bolalar uchun bepul o‘yin maydoni ochiladi. Murojaat uchun tel: +998 90 788 43 60.
25-may – “Ashxobod” madaniyat va istirohat bog‘ida sovrinli tanlov va konsert dasturi bo‘lib o‘tadi. Kirish bepul. Sahnada Ravshan Sobirov, “Setora” guruhi, Dilso‘z, Umidaxon, Oybek va Nigora hamda “Afruz” guruhlari kuylaydi.
25—26-may, 15:00—17:00 – “Ekopark”da “Archeri tag” musobaqasi o‘tkaziladi. Kamondan o‘q otish sporti bo‘yicha musobaqa qumli maydonda bo‘lib o‘tadi. Kirish bepul. Murojaat uchun tel: +998 99 859 00 21.
25—26-may – Chimyonning Oqsoy darasida “Chimyon o‘rmonini qayta tiklash” dasturi doirasida ixtiyoriy ommaviy hashar bo‘lib o‘tadi. Hashar davomida na’mataklar ekiladi va madaniy xordiq uyushtiriladi. Ro‘yxatdan o‘tish quyidagi havolada: https://bit.ly/2VJgOw3
25—26-may, 11:00—17:00 – Politexnika muzeyida “Matematikani his qiling” interaktiv ko‘rgazma va zehnni sinovchi o‘yinlar tashkil etiladi. Kirish bepul. Murojaat uchun tel: +998 71 232 34 30, +998 78 140 14 70.
25—26-may, 17:30 – “Ilhom” teatrida rassomlar Farrux Ahmadaliyev va Tohir Karimovlarning ko‘rgazmalari bo‘lib o‘tadi. Kirish bepul. Murojaat uchun tel: +9989 78 150 39 50, +998 71 244 04 03.
25—26-may, 10:00—17:00 – O‘zbekiston Badiiy Akademiyasining Markaziy ko‘rgazmalar zalida To‘ra Shomirzayevning shaxsiy ko‘rgazmasi tashkil etiladi. Kirish bepul. Murojaat uchun tel: +998 71 256 51 46, +998 71 252 26 50.
Izoh (0)