O‘zbekistonda Rubicon Wireless Communication MChJ ko‘chmas mulki sotuvga qo‘yildi. Qarzdor — Rustam Madumarov. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Toshkent shahrida joylashgan Rubicon Wireless Communication MChJ (Perfectum) mamlakatda uyali aloqaga xizmat ko‘rsatadigan yirik tadbirkorlik subyektlaridan edi.
Ochiq auksion narxni tushirib borish yo‘li bilan, demping usulida o‘tkazilishi ko‘rsatilgan savdoda mazkur mulkning boshlang‘ich narxi 205 587 016 500 so‘m etib belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, Gulnora Karimovaning fuqaroviy eri Rustam Madumarovga tegishli bo‘lgan mulk – yagona elektron savdo maydonchasida Toshkent shahrida joylashgan yirik firma – “EDEL VEYS-ALI” mas’uliyati cheklangan jamiyati fondidagi yuz foiz ulushi, debitor-kreditorlari va boshqa turdagi barcha mol-mulklari bilan auksionga qo‘yilgan edi.
Izoh (0)