Portugaliya termasi Millatlar Ligasi final bosqichida ishtirok etuvchi futbolchilarni e’lon qildi. Bu haqda jamoaning Twitter’dagi rasmiy sahifasida e’lon qilindi.
Tarkibdan “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu ham joy oldi. U musobaqaning guruh bosqichida terma jamoasiga yordam bera olmagandi.
Ma’lumot uchun, Portugaliya 5-iyun kuni Milatlar Ligasi yarim finalida Shveysariya bilan o‘ynaydi. Bir kun o‘tib ikkinchi yarim finalda Niderlandiya Angliya bilan o‘ynaydi. Final uchrashuvi hamda 3-o‘rin uchun kurash 9-iyun kuni bo‘lib o‘tadi.
Portugaliya terma jamoasi tarkibi:
Darvozabonlar: Rui Patrisiu (“Vulverhempton”), Betu (“Geztepe”), Joze Sa (“Olimpiakos”)
Himoyachilar: Rafael Gerreyro (“Borussiya Dortmund”), Mariu Rui (“Napoli”), Nelson Semedu (“Barselona”), Joau Kanselu (“Yuventus”), Ruben Diash (“Benfika”), Pepe (“Portu”), Joze Fonte (“Lill”)
Yarim himoyachilar: Brunu Fernandesh (“Sporting”), Danilu Pereyra (“Portu”), Vilyam Karvalyu (“Betis”), Pitssi (“Benfika”), Ruben Nevesh, Joau Moutinyo (ikkalasi ham — “Vulverhempton”), Bernardu Silva (“Manchester Siti”)
Hujumchilar: Krishtianu Ronaldu (“Yuventus”), Diogu Jota (“Vulverhempton”), Diyegu Souza (“Braga”), Joau Feliks, Rafa Silva (ikkalasi ham — “Benfika”), Gonsalu Gedesh (“Valensiya”).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)