Kuvaytda istiqomat qiluvchi kishi o‘z xotini ustidan politsiyaga shikoyat qildi. Bu haqda Sputnik xabar qildi.
Kuvaytlik erkak iftorlik uchun taom tayyorlashdan bosh tortgan rafiqasini “asosiy inson huquqlari”ni buzganlikda aybladi.
Erkak rafiqasini unga iftorlik tayyorlab berish kerakligi haqida ishontirishga harakat qiladi.
Erning so‘zlariga ko‘ra, ayol uning iltimosini qat’iyan rad etganidan keyin u politsiyaga borishga majbur bo‘ldi.
Hayron bo‘lgan huquq-tartibot organi xodimlari jinoyat tarkibining alomatlari bo‘lmagani sababli uning arizasini qabul qilishni rad etdi.
Izoh (0)