“Bavariya” yarim himoyachisi Aryen Robben Angliya Premyer ligasiga qaytishi mumkin, deya xabar beradi Daily Mail.
Manbaga ko‘ra, Angliyaning “Lester” klubi 35 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchi. Niderlandiyalikning o‘zi BBC’ga bergan intervyusida ta’kidlashicha, “tulkilar” faoliyatini davom ettirishi mumkin bo‘lgan jamoalardan biri hisoblanadi. Shu bilan birga vinger kelajagi haqida hali qaror qabul qilmagan.
Eslatib o‘tamiz, Robben joriy mavsum “Bavariya” tarkibida 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi. Futbolchining myunxenliklar bilan tuzgan shartnomasi shu yilning yoziga tugaydi.
Bundan tashqari futbolchiga PSV hamda “Leypsig” klublari ham da’vogarlik qilmoqda. Ma’lumot uchun, Aryen Robben 2004/07-yillarda “Chelsi” tarkibida o‘ynagan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!