2019-yil 20-may kuni 23:35 larda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumanidan o‘tuvchi avtomagistral yo‘lida harakatlanib ketayotgan 56 yoshli Tojikiston Respublikasi fuqarosi S.S. boshqaruvidagi DAF rusumli yuk avtomashinasining tirkamasida yong‘in sodir bo‘lgan, bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar qiladi.
Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. Oqibatda yuk avtomashinasining tirkamasi va unga yuklangan maishiy texnikalar to‘liq yonib zarar ko‘rgan. Jarohat olganlar yo‘q.
Yong‘in kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)