“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola kelasi mavsumda “Yuventus”ni boshqarishi mumkin. Bu haqda jurnalist Federiko Jennarelli xabar berdi.
Uning ma’lum qilishicha, har ikki tomon ham shartnoma shartlarini kelishib olgan. Gvardiola Italiya klubi bilan 4 yillik shartnoma imzolaydi.
Avvalroq “Yuventus” bosh murabbiyi Massimiliano Allegri iste’foga chiqarilishi haqida xabar berilgandi. U klubni so‘nggi 5 yil davomida boshqardi.
Ma’lumot uchun, ispaniyalik mutaxassis “Manchester Siti”ga 2016-yilning yozidan buyon murabbiylik qilib kelmoqda. U 3 yil ichida klub bilan 6 ta sovrinni qo‘lga kiritdi — 2 marta Angliya chempioni, 2 bor mamlakat liga kubogi hamda Superkubogini qo‘lga kiritdi. 48 yoshli mutaxassisning “shaharliklar” bilan tuzgan shartnomasi 2021-yilning yozida tugaydi. Bunga qadar Gvardiola “Barselona” va “Bavariya” klublarini boshqargan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)