O‘zbekistonda 2019-yilning o‘tgan davri mobaynida (yanvar-aprel) 514,9 million dollar miqdorida to‘qimachilik mahsulotlari eksporti hajmi amalga oshirildi. Bu haqda Spot xabar berdi.

Foto: Spot

Bu ko‘rsatkich 2018-yilning mos davriga nisbatan 21,2 foizga o‘sib, umumiy eksport hajmining 9,8 foizini tashkil qildi.

Eksport qilingan to‘qimachilik mahsulotlari tarkibidan paxtadan yigirilgan ip (58,2%), tayyor to‘qima matolar va tikuvchilik kiyimlari (22,2%) asosiy ulushni egallagan.

Yil boshidan 246 turdan ortiq mahsulotlar dunyoning 47 ta davlatiga eksport qilindi.

Mustaqillikka erishgan ilk yillarda respublika yengil sanoatida faqatgina paxta xom-ashyosi eksport qilingan bo‘lsa, hozirda esa tayyor to‘qimachilik va yengil sanoat mahsulotlari yetkazib beruvchi eksportyor sifatida dunyo iqtisodiyotida o‘z o‘rnini egallab kelmoqda.