“Chelsi” bosh murabbiyi Mauritsio Sarri mavsum oxirida jamoani tark etishi va Italiyaga qaytishi mumkin, deya xabar beradi The Telegraph.
Sky Sports bergan ma’lumotga ko‘ra, 60 yoshli mutaxassisning xizmatiga “Inter” hamda “Yuventus” klublari qiziqish bildirmoqda.
Avvalroq xabar berilganidek, “Chelsi” Yevropa Ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritgan taqdirda ham klub rahbariyati Sarrini iste’foga chiqarishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, “ko‘klar” 29-may kuni “Arsenal”ga qarshi final uchrashuvini o‘tkazadi. Klub ushbu o‘yindan keyin so‘nggi qarorni qabul qiladi.
Agarda “Yuventus” murabbiy uchun 5 million funt miqdorida tovon puli to‘lashga rozilik bersa, londonliklar qarshilik qilmaydi.
Ma’lumot uchun, Mauritsio Sarrining “aristokratlar” bilan tuzgan shartnoma muddati yana bir yildan so‘ng tugaydi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)