• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12589.35
    • RUB157.64
    • EUR14656.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda 2019—2021-yillarda 271 ta tikuv-trikotaj majmuasi tashkil etiladi

    O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Respublika hududlarida tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

    Foto: “Xabar.uz”

    Foto: “Xabar.uz”

    Hujjatda qayd etilishicha, 2019—2021-yillar davomida respublika hududlarida “O‘zpaxtasanoat” AJ tomonidan yengil konstruksiyali yoki bo‘sh turgan bino va inshootlar negizida tashkil etiladigan 271 ta tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga mo‘ljallangan majmualar yaratiladi.

    Majmualar foydalanishga qabul qilinganidan so‘ng ularni “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasiga a’zo bo‘lgan korxonalarga yoki tikuv-trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan boshqa tadbirkorlik sub’ektlariga 5 yil muddatga, 10 foizdan ortiq bo‘lmagan stavkada lizing asosida yoki sotib olish sharti bilan ijaraga beriladi.

    “O‘zpaxtasanoat” AJ “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi bilan birgalikda loyiha tashkilotlarini jalb qilgan holda bir oy muddatda ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasidan kelib chiqib, innovatsion texnologiyalarga asoslangan, arzon va mamlakatimizda ishlab chiqariladigan qurilish materiallaridan foydalangan holda majmualarni tashkil etish bo‘yicha yakka tartibdagi namunaviy loyihalarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi.

    “O‘zpaxtasanoat” AJ tarkibiga kiruvchi tikuv-trikotaj korxonalariga loyihalarni amalga oshirish doirasida istisno tariqasida:

    • loyihalash va qurilish-montaj ishlarini hamda import qilinadigan texnologik asbob-uskunalarni xarid qilish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzishga;
    • tashkil etiladigan tikuv-trikotaj majmualarini qisqa muddatlarda ishga tushirilishini ta’minlash maqsadida loyiha va pudratchi tashkilotlarni tender (konkurs) savdolarini o‘tkazmasdan, eng yaxshi takliflarni tanlash va moliyalashtirishni loyihalash bilan parallel ravishda amalga oshirishga ruxsat berilmoqda.
    Loyihalarni amalga oshirish doirasida (2022-yil 1-yanvarga qadar):
    • mavjud tayyor tikuv-trikotaj majmualarini lizing asosida yoki sotib olish sharti bilan ijaraga boshqa tadbirkorlik subyektlariga berilgan kunga qadar foyda va mol-mulk solig‘idan;
    • respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, qurilish materiallarini belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha olib kirishda bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari) ozod etilmoqda.
    • “O‘zpaxtasanoat” AJ tarkibiga kiruvchi tikuv-trikotaj korxonalariga, istisno tariqasida, birja savdolari orqali paxta tolasini, keyinchalik uni to‘qimachilik korxonalarida yarim tayyor mahsulotlar shaklida qaytarish asosida qayta ishlash sharti bilan, sotib olish huquqi berilmoqda.
    • Mahalliy hokimiyat organlari majmualarni tashkil etish uchun muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari mavjud, birinchi navbatda, “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan aholi punktlarida yer maydonlari ajratilishini;
    • Davlat aktivlarini boshqarish agentligi loyihalarni amalga oshirish uchun, istisno tariqasida, foydalanilmayotgan va bo‘sh turgan davlat obyektlarining “nol” qiymatda berilishini ta’minlaydi.
    “O‘zpaxtasanoat” AJ:
    • bir oy muddatda hududlarda loyihalarni joylashtirishning aniq manzilli ro‘yxatini shakllantiradi;
    • olti oy muddatda Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida joylashgan sobiq paxta tozalash korxonasi hamda Namangan shahrida joylashgan mintaqaviy paxta terminali negizida paxta tolasini qayta ishlash va keyinchalik undan yuqori sifatli matolar ishlab chiqarishni tashkil etadi.
    Loyihalarni amalga oshirishning moliyaviy manbalari:

    – “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining tijorat banklari uchun ochilgan kredit liniyalari mablag‘lari hisobidan 366 milliard so‘m miqdorida uzoq muddatli kreditlar;

    – Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobidan tijorat banklarida ochiladigan kredit liniyalari 50 milliard so‘m miqdorida kreditlar;

    – “O‘zpaxtasanoat” AJ va uning tizimidagi korxonalarning taqsimlanmagan sof foydasi hamda o‘z mablag‘lari (300 mlrd so‘m).

    Qo‘llanilgan imtiyoz va preferensiyalar hisobiga jamlangan va tayyor tikuv-trikotaj majmularini lizingga yoki sotib olish sharti bilan ijaraga berishdan tushgan mablag‘lar, keyingi yillarda qurilishi rejalashtirilgan majmualarga yo‘naltiriladi.

    Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan:

    – aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun berilgan kreditlar bo‘yicha belgilangan foiz stavkasining 25 foizi miqdorida, lekin 5 foizli punktdan yuqori bo‘lmagan holda;

    – asbob-uskunalarni sotib olish maqsadida berilgan kreditlar bo‘yicha belgilangan foiz stavkasining 50 foizi miqdorida kompensatsiya qilinadi.

    20.05.2019, 14:23   Izoh (0)   9935
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda dollar kursi biroz ko‘tarildi, yevro esa pasaydi

    20.05.2019, 14:12

    Toshkentda teatr oldida qarovsiz qoldirilgan Nexia’ni olib qochgan yigit ushlandi

    20.05.2019, 14:00

    “Ahmadboy ishi”: Ahmadjon Tursunboyevga yana bir jinoyat ishi bo‘yicha hukm o‘qildi

    20.05.2019, 13:55

    Muftiy Usmonxon Alimov AQShga jo‘nab ketdi

    20.05.2019, 13:49

    O‘zbekistonda sud va tergovdan qochib yurgan 7 nafar shaxs ushlandi

    20.05.2019, 13:37

    Vladimir Zelenskiy Oliy radani tarqatib yuborishini e’lon qildi

    20.05.2019, 13:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Norvegiya Isroilga kiritgan investitsiyalarini qaytarib oladi

    Dunyo | 12 avgust, 14:10

    UFC jangchisi Maykl Peyj Drikus va Chimayev o‘rtasidagi bahsning favoriti kim ekanini aytdi

    Sport | 12 avgust, 13:57

    O‘zbekistonda sun’iy intellektdan foydalangan holda shaxsga doir ma’lumotlar tarqatilishi oldi olinadi

    O‘zbekiston | 12 avgust, 13:45

    Eronda ayol 11 nafar erini o‘ldirganlikda ayblandi

    Dunyo | 12 avgust, 13:19

    Zelenskiy Rossiya armiyasi nazoratidagi hududlardan voz kechishga tayyor — The Telegraph

    Dunyo | 12 avgust, 12:59

    Himolay tog‘larining 97 ta cho‘qqisiga chiqish bepul bo‘ladi

    Dunyo | 12 avgust, 12:45

    “Barselona” prezidenti 2025-yilgi “Oltin to‘p” g‘olibi kim bo‘lishi kerakligini aytdi

    Sport | 12 avgust, 12:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.