“Barselona” hujumchisi Lionel Messi Ispaniya chempionatining 38-turida “Eybar”ga qarshi kechgan o‘yinda dublga erishdi (2:2).
Mavsum yakuniga ko‘ra, argentinalik La Ligada umumiy hisobda 36 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi va 6-marotaba Pichichi sovrinini qo‘lga kiritdi. Ushbu sovrin Ispaniya chempionatida eng yaxshi to‘purarga beriladi.
Hujumchi 6 ta mavsumda qolgan futbolchilardan ko‘proq gol urib, “Atletik Bilbao” sobiq o‘yinchisi Telmo Sarrining rekordini takrorladi (1944/45, 1945/46, 1946/47, 1949/50, 1950/51, 1952/53).
Bundan tashqari, Messi 4-marta bitta mavsumda ham Ispaniya chempioni, ham eng yaxshi to‘purari bo‘ldi (2009/10, 2012/13, 2017/18, 2018/19). U bu ko‘rsatkichda “Real” sobiq hujumchisi Ugo Sanches natijasini takrorladi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)