“Betis” Ispaniya chempionatining 38-turida “Santyago Bernabeu”da “Real Madrid”ni mag‘lub etdi (2:0).
Shunday qilib Kike Setien qo‘l ostidagi jamoa joriy mavsum La Ligada safarda kechgan bahslarda “Real” (2:0) hamda “Barselona”ni (4:3) mag‘lubiyatga uchratdi.
La Liga’ning Twitter’dagi rasmiy sahifasida xabar berilishicha, mutaxassis 16 yil ichida mazkur natijani qayd etgan birinchi murabbiy bo‘ldi.
So‘nggi bor 2002/03-yilgi mavsumda “Malyorka” jamoasi Gregorio Mansano qo‘l ostida xuddi shunday natijaga erishgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)