2019-yil 16-may kuni soat 09:30 larda haydovchi Payariq tumani Bobur mahallasida yashovchi Orif Axmatov boshqaruvida bo‘lgan Midibus rusumli 30 324 VAA davlat belgili avtobus Ma’rifat ko‘chasi tomondan Imom Al-Buxoriy ko‘chasi tomonga boshqarib borilayotgan vaqtida Samarqand shahar Bo‘stonsaroy ko‘chasida yashovchi Jahongir Xolbekov boshqaruvidagi Spark rusumli avtomashina bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan. Bu haqda Samarqand viloyat yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasiga tayanib, Zarnews xabar bermoqda.

Foto: Zarnews

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida Spark haydovchisi J.Xolbekov chap umrov suyagi sinishi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Foto: Zarnews

Avtobus yo‘lovchilari – Zarifa Ergasheva o‘ng qo‘l bilak suyagining yopiq sinishi, Mahbuba Qodirova esa chap umrov suyagining sinishi kabi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Foto: Zarnews

Ushbu yo‘l-transport hodisasi yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Foto: Zarnews