Xitoy xalq milliy ozodlik armiyasi vakillari 12—15-may kunlari O‘zbekiston Qurolli Kuchlar akademiyasiga tashrif buyurib, ta’lim jarayonlari bilan tanishdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif davomida general-mayor Suy Guyjun boshchiligidagi delegatsiya harbiy sohaga oid bir qator masalalar bo‘yicha tajriba almashdi. Jumladan, akademiya professor-o‘qituvchilari bilan uchrashdi, ofitser kadrlarni tayyorlash masalasini o‘rgandi, harbiy qismlardagi jangovar tayyorgarlik bilan tanishdi.
Eslatib o‘tamiz, general-mayor Azizbek Ikromov boshchiligidagi harbiy delegatsiya 2018-yilning oktabrida Xitoyga tashrifi davomida mamlakat Milliy mudofaa universiteti rahbariyati bilan uchrashib, oliy harbiy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirishga kelishib olgan edi.
Izoh (0)