Sheremetyevo aeroportida yonib ketgan Sukhoi Superjet 100 (SSJ-100) samolyotida yaralangan ekipaj a’zolari kasalxonadan chiqarildi. Bu haqda “Interfaks” axborot agentligi Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga tayanib xabar bermoqda.
Matbuot xizmati vakilining so‘zlariga ko‘ra, Sklifosovskiy ilmiy-tekshirish institutidan to‘rtta ekipaj a’zosi chiqarilib yuborilgan. Faqat bitta bemor jiddiy holatda statsionar davolanishda qoldi. Vishnevskiy ilmiy-tadqiqot institutiga to‘rt nafar qurbon shifoxona yotqizilgan, ulardan biri o‘rtacha og‘irlikda, qolganlari “qoniqarli” holatda.
5-may kuni “Moskva—Murmansk” yo‘nalishida qatnaydigan SSJ-100 samolyoti “Sheremetyevo” aeroportiga avariyali qo‘nishni amalga oshirib, yonib ketgan edi. Natijada 41 kishi halok bo‘lgan, 37 kishi tirik qolgan. Ulardan 10 kishi kasalxonaga yotqizilgan.
Samolyot bortida bo‘lgan 78 kishidan 37 kishi — 33 nafar yo‘lovchi va 4 nafar ekipaj a’zosi tirik qolgan.
Izoh (0)