Gruziyaning Tbilisi shahrida 4 yoshli bolakay “O‘rgimchak odam” kiyimida sakkizinchi qavatdan qulab tushib omon qoldi, deb xabar beradi Tengrinews.
Bolakay ko‘plab jarohatlar bilan Gldani tumanidagi shifoxonaga yetkazilgan. Hozirda uning ahvoli qoniqarli baholangan. 14-may kuni bolakayga shifoxonadan chiqishga ruxsat berilgan.
Voqea guvohlarining so‘zlashicha, 4 yoshli bolakay mashhur superqahramonga taqlid qilib o‘zi sakragan.
Bu vaqtda uyda faqat uning buvisi bo‘lgan va u hech nimadan shubhalanmagan. Ko‘ngilsiz hodisa haqida unga qo‘shnilari xabar bergan.
Bolakayni o‘limdan ko‘p qavatli bino oldidagi uzumzor qutqarib qolgan.
Izoh (0)