Qozog‘istonda Olmaota—Bishkek trassasida Lada va Toyota Camry avtomobillari to‘qnashuvi oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Olmaota viloyati politsiya departamenti matbuot xizmati ma’lum qildi.
“Yo‘l avariyasida halok bo‘lgan 9 kishidan 3 nafari ayollar. Qurbonlarning shaxsi aniqlandi. Ular Olmaota, Chimkent shaharlari va Turkiston hamda Olmaota viloyatlarida yashagan”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Dastlabki taxminga ko‘ra, Lada haydovchisi boshqaruvni uddalay olmay yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketgan va Toyota bilan yuzma-yuz to‘qnashgan. Hodisa yuzasidan sudga qadar tekshiruv boshlanib, ekspertiza tayinlandi.
Izoh (0)