Amerikalik pop-xonanda Jastin Timberleyk “musiqa industriyasiga qo‘shgan hissasi uchun” fan doktori darajasini oldi. Bu haqda uning o‘zi Instagram’dagi sahifasida ma’lum qilgan.

Foto: Jastin Timberleyk / Instagram

Taqdirlash marosimi Kaliforniya shtatidagi Berkli universitetida bo‘lib o‘tgan.

Xonanda doktorlik darajasini tasdiqlovchi hujjatlarni olish uchun taniqli rep ijrochisi Missi Elliot bilan birga sahnaga ko‘tarilgan.