Britaniyalik qo‘shiqchi Adel turmush o‘rtog‘i, biznesmen Saymon Konekki bilan ajrashdi, deb xabar berdi “Korrespondent.net”.
Xonandaning vakillari bu xabarni tasdiqlagan.
“Ular o‘z o‘g‘illarini birgalikda tarbiya qilish niyatida, lekin shu bilan birga, juftlik maxfiylikni talab qilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Avvalroq Adel jahon turnesi davomida 197 million dollar ishlab olgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)