“Liverpul” himoyachisi Virjil van Deyk Angliya Premyer ligasida mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga loyiq deb topildi. Bu haqda liganing rasmiy saytida xabar berildi.
U bu yo‘lda hujumchi Serxio Aguero, xavbeklar Bernardu Silva va Rahim Sterling (barchasi — “Manchester Siti”), Eden Azar (“Chelsi”), Sadio Mane va Muhammad Salohni (ikkalasi ham — “Liverpul”) ortda qoldirdi.
G‘olib muxlislarning ovoz berish yo‘li orqali hamda 20 ta klub sardorlari va futbol ekspertlari tomonidan aniqlandi.
Niderlandiyalik 2011/12-yilgi mavsumdan buyon mazkur sovringa ega chiqqan ilk himoyachi bo‘ldi. O‘shanda “Manchester Siti” sardori Vensan Kompani ushbu nomga loyiq ko‘rilgandi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum Liverpul hujumchisi Muhammad Saloh eng yaxshi o‘yinchi nomiga sazovor bo‘lgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)