10-may, juma kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 8-tur bahslariga start beriladi.
Turning dastlabki o‘yinida Jizzaxning “So‘g‘diyona” klubi o‘z maydonida “Andijon”ni qabul qiladi. uchrashuv soat 18:45 da boshlanadi. Eslatib o‘tamiz, jizzaxliklar avvalgi turda “Navbahor”ga 1:3 hisobida imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, “Andijon” o‘z uyida “Dinamo” bilan durang o‘ynagandi (2:2).
Shu kuni musobaqa jadvalida 5-o‘rinda borayotgan Qarshining “Nasaf” klubi Navoiyning “Qizilqum” jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Bellashuvga soat 20:00 da start beriladi. Ma’lumot uchun, Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari 7-turda “Buxoro”ni kichik hisobda taslim qilgandi (1:0). “Qizilqum” esa “Bunyodkor” ustidan g‘alabaga erishgandi (1:0).
7-turdan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:
Superliga
8-tur bahslari
10-may, juma
“So‘g‘diyona”—“Andijon” 18:45
“Nasaf”—“Qizilqum” 20:00
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)