• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12672.81
    • RUB158.89
    • EUR14753.69
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda hokimlarning oyog‘i yerdan uzilishiga sabab nima?

    O‘zbekistonda hokimlar vazifaga tayinlanganligidan ko‘p o‘tmasdan “buzila” boshlashiga yoki xalq oddiygina aytgandek, oyog‘i yerdan uzilishiga sabab nima? Samarqandlik jurnalist Toshpo‘lat Rahmatullayevga ko‘ra, buni faqat ularning shaxsiy qusurlari bilan izohlab bo‘lmaydi, chunki tayinlashdan oldin ular ko‘plab tekshiruvlardan o‘tadi.

    Foto: Zarnews

    Foto: Zarnews

    Bu holning asosiy sababi joylarda birinchi rahbarning hokimi mutlaqqa aylanishiga olib keluvchi sharoit va imkoniyat yaratib qo‘yilganligidadir. Ular nafaqat aholiga, balki o‘zidan pastda turuvchi davlat organlari oldida hisobotdor emas va tanho mansab pillapoyasida o‘zidan yuqori turuvchilar aytganini so‘zsiz bajaradi. Shundan ular o‘z faoliyati davomida “past”ga emas, doimo “tepa”ga qarab ish ko‘radi.

    Odamlarni mensimaslik, o‘z ustidan nazoratni yo‘qotib, katta-kichik yig‘ilishlarda o‘zgalarni kamsitish, haqoratlash kabi illatlar ba’zi bir hokimlar uchun odatiy holga aylandi. Oldingi hokim qabul qilgan hujjatlarni, ayniqsa, yer ajratish haqidagi qarorini bekor qilish, yer maydonlarini boshqalarga berib yuborish kabi holatlar ham talaygina. Bunga istagancha misol keltirish mumkin.

    Hokimlar aholi huzuriga biror-bir masalani hal qilish uchun borsa, o‘zi bilan prokuror va ichki ishlar organi boshlig‘ini olib boradi. Lekin ular doim ham hal qilinishi lozim bo‘lgan muammoga daxldor bo‘lmasligi mumkin. Ko‘pchilik guvoh bo‘lgan bo‘lsa kerak: hovli-joyni buzish, fermerni topshiriqni vaqtida bajarmading deb tergash, bir tadbirkor mulkini boshqasi foydasiga olib qo‘yish lozim bo‘lgan paytda hokim yonida huquq-tartibot organlari rahbari hozir bo‘ladi. Davlat boshqaruv organi rahbari hatto noqonuniy harakat qilgan paytda ular — qonun posbonlari jim turadi.

    Keyingi bir-ikki oy ichida OAVda Pastdarg‘om tumani hokimi bilan bog‘liq bir qator ma’lumotlar e’lon qilindi. Ulardan yangi tayinlangan hokimning bir fermerdan baliqchilik xo‘jaligini olib qo‘yib, boshqa tadbirkorga berayotganligi, o‘sha fermerni haqorat qilganligi, uning xotini erini himoya qilish maqsadida gapirmoqchi bo‘lganida, o‘sha yerda hozir bo‘lgan IIB xodimi unga aralashmaslikni talab qilganligi kabi salbiy holatlarni bilib oldik.

    Biz o‘zimizning haqli talabimizga javoban mas’ul shaxslarning hokimni qalqon qilishini ko‘p ko‘rganmiz, aniqrog‘i eshitganmiz. Ana shu amaldorlar “hokim aytdi”, “bu hokimimizning topshirig‘i”, “hokimimiz shunday buyruq bergandan so‘ng siz ham, biz ham nima qila olardik?” kabi so‘zlari bilan hudud birinchi rahbarining qonuniy yoki qonunga zid talabini bajaradi.

    Adolat yuzasidan gapiriladigan bo‘lsa, hamma hokim ham so‘kong‘ich va urong‘ich emas ekan. Madaniyatli va ma’naviyati yuqori bo‘lgan, boshqalarni kamsitishdan o‘zini saqlay oladigan rahbarlar ham oz bo‘lsa-da, bor. Masalan, ancha yillar prokuratura tizimida ishlagan, so‘ngra 15 yildan ko‘proq vaqt davomidi uchta tumanga hokim bo‘lgan Bahodir Sa’dullayevning so‘kinganini hech kim eshitmagan.

    Yoki Samarqand shahar hokimi Furqat Rahimov ham yomon so‘zlardan o‘zini tiyib turayotgan rahbarlardan. U vazifaga yangi tayinlangach, shahar faollari bilan bo‘lgan uchrashuvda shunday degan edi: “Samarqand azaldan madaniyat va ma’rifat o‘chog‘i bo‘lgan. Bu yerga so‘kong‘ich rahbar yarashmaydi, bu eski ma’naviyat o‘chog‘i qo‘pol so‘zni ko‘tarolmaydi”. O‘shanda yangi hokim har bir rahbardan faqat uning egallab turgan mansabidan kelib chiqadigan vazifalarnigina bajarishni talab qilishini ta’kidlagan edi: “Har bir kishi o‘z zimmasidagi yumushni vaqtida bajarsa, olam guliston. Aks holda, bunday rahbar kimga kerak? So‘kish bilan bundaylarni tuzatib bo‘ladimi?”

    Shu vaqtgacha vaziyatni o‘nglash maqsadida hokimlarni almashtirish tartibi amal qilib kelmoqda. Avvallari viloyat hokimlari har uch-to‘rt yilda o‘zgarib tursa, oxirgi yillarda ularning “hukmronlik” davri olti oy bilan cheklanayotganligiga guvoh bo‘lyapmiz. Tuman va shahar hokimlarining vaziyatini bundan yaxshiroq deb bo‘lmaydi.

    Demak, bu yerda gap faqat birinchi rahbarning shaxsiy qusurida emas. Hudud miqyosida rahbar qo‘liga cheklanmagan hokimiyat berib qo‘yilganligi ularni o‘sha hududning mutlaq hokimiga aylantirib qo‘ymoqda. Boshqaruv tizimini o‘zgartirish orqali bu kamchilikni tuzatish, hokimlar mas’uliyatini oshirish va hisobotdorligini ta’minlash mumkin bo‘ladi.

    Mahalliy davlat boshqaruv tizimini isloh qilish uchun bu borada ilgarilab ketgan davlatlar tajribasini o‘rganish ahamiyat kasb etadi. Masalan, demokratik mamlakatlarda davlat boshqaruvining barcha bo‘g‘inlarida o‘zaro tiyib turish va qarshi ta’sir etish (inglizchada checks and balances) tizimi samarali amal qiladi. Bu tizim manfaatlar muvozanatini saqlab turishning muhim omili sanaladi.

    Hokimiyatlar bo‘linishining konstitutsiyaviy tamoyili hayotga joriy etish uchun bizda ham xalq deputatlari viloyat (shahar, tuman) kengashlari hokimning boshqaruvidan chiqarilishi lozim. Hokim faqat ijroiya hokimiyatining raisi bo‘lib qolmog‘i shart. Uning vakolatiga nimalar kirishi aniq belgilab qo‘yilishi zarur. Xalq deputati kengashini boshqa kishi boshqarsin. Hokim kengash oldida muntazam hisobot berib tursin.

    “Hokim” atamasini ham o‘zgartirish kerak. Viloyat, tuman, shaharning birinchi rahbarini “hokim” emas, “rais” deb atalsa. Masalan, “Samarqand shahar hukumati raisi”.

    Demokratik mamlakatlarda aholi muammolarining 80 foizi mahalliy davlat organlari darajasida hal bo‘lar ekan. Biz ham qachonlardir shunga erisharmiz?! Bu haqda ko‘p gapirmasdan, hayot tajribasi asosida bildirilgan ikkita fikrga quloq tutaylik. Ulardan birini mashhur yozuvchi, ikkinchisini boshqarish tizimini ichidan bilgan AQSh prezidenti aytib o‘tgan.

    Agar Bernard Shou “Umuman aytganda, hokimiyat odamlarni buzmaydi, ahmoqlar hokimiyatga chiqsa, hokimiyatni buzadi” degan bo‘lsa, Tomas Jeferson “Boshqarish san’ati bor-yo‘g‘i halol bo‘lish san’atidan iboratdir” degan ekan.

    10.05.2019, 11:50   Izoh (0)   48437
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda davlat tilini rivojlantirishga mas’ul idora tashkil etish va umummilliy diktant o‘tkazish taklif qilinmoqda

    10.05.2019, 11:30

    O‘zbekistonda necha kishi pensiya va ijtimoiy nafaqa olishi ma’lum qilindi

    10.05.2019, 10:53

    TIV Rossiyada qo‘lga olingan o‘zbekistonlik talaba ishi bo‘yicha izoh berdi

    10.05.2019, 08:40

    Nurobodda 28 metrli davlat bayrog‘i o‘rnatildi

    10.05.2019, 08:10

    “Voditeli Namangana” Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan maxsus aksiya o‘tkazdi (foto)

    09.05.2019, 22:35

    Samarqand shahrining ayrim hududlarida suv uzatilishi vaqtinchalik to‘xtatiladi

    09.05.2019, 21:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xolmo‘min Yodgorov Sudyalar oliy kengashi raisi lavozimiga qayta saylandi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 17:11

    “Rasmingni qo‘yib ham kaltaklayveradi, qayoqqa qochasan?” — Zoir Mirzayev OAVdan qochayotgan hokimlar haqida

    O‘zbekiston | 11 avgust, 17:00

    Bolada til chiqishi kechiksa: bu normal holatmi yoki rivojlanishdagi muammo?

    Farzand | 11 avgust, 16:50

    “Futbol TV” hamda “Sport TV” kuchli beshlik chempionatlarini translyatsiya qiladi

    Sport | 11 avgust, 16:45

    “Odamlar muhim qarorlarni ChatGPT’ga ishonib topshirayotgani meni xavotirga soladi” — Sem Altman

    Dunyo | 11 avgust, 16:30

    O‘zbekistonda dollar kursi tushdi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 16:14

    Xitoy tashqi ishlar vaziri lavozimiga nomzod g‘oyib bo‘ldi — WSJ

    Dunyo | 11 avgust, 16:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.