“Liverpul” yarim himoyachisi Jorjinyo Veynaldum Yevropa Chempionlar Ligasi yarim finalining “Barselona”ga qarshi javob uchrashuvida dublga erishdi (4:0, ilk bellashuv — 0:3).
Niderlandiyalik o‘yinning 54 va 56-daqiqalarida Mark Andre ter Shtegen qo‘riqlayotgan darvozani ikki bor ishg‘ol qildi. Ta’kidlash joiz, u 46-daqiqada himoyachi Endryu Robertson o‘rniga zaxiradan maydonga tushgandi.
Gracenote Live’ning xabar berishicha, Veynaldum musobaqa yarim finalida zaxiradan maydonga tushib 2 ta gol urgan tarixdagi birinchi futbolchiga aylandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)