7-may, seshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi 1/2 finalining javob o‘yinida Yurgen Klopp qo‘l ostidagi “Liverpul” klubi “Enfild” stadionida Ernesto Valverde boshliq Kataloniyaning “Barselona” jamoasi bilan bahsga kirishdi.

Foto: Reuters

Bellashuv davomida mersisaydliklarning ikki nafar futbolchisi Divok Origi (7, 79) hamda Jorjinyo Veynaldumning (54, 56) dubli “Liverpul”ga yirik hisobdagi g‘alabani taqdim etdi (4:0). Shu tariqa Klopp jamoasi “Barselona”ni ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 4:3 hisobida mag‘lub etib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, “qizillar” finalda “Ayaks”—“Tottenhem” uchrashuvi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.

YChL

1/2 final bahsi

7-may, seshanba

“Liverpul”—“Barselona” 4:0 (0:3)

Gollar: 1:0 — 7 Origi, 2:0 — 54 Veynaldum, 3:0 — 56 Veynaldum, 4:0 — 79 Origi

“Liverpul”: Alisson, Robertson (Veynaldum, 46), Matip, van Deyk, Aleksander-Arnold, Henderson, Fabinyo, Shaqiri, Milner, Mane, Origi (Jo Gomes)

“Barselona”:  ter Shtegen, Alba, Langle, Serji Roberto, Pike, Koutinyo (Nelson Semedu, 60), Rakitich (Malkom, 80), Vidal (Artur, 75), Buskets, Suares, Messi

Ogohlantirishlar: Fabinyo (11), Buskets (45), Rakitich (53), Matip (66), Nelson Semedu (75)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!