• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Yuksalish” harakati: O‘zbekistonda o‘zbek tilidan boshqa tilga maxsus maqom berilishi maqsadga muvofiq emas

    “Yuksalish” umummilliy harakati so‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda rus tiliga O‘zbekistonda rasmiy til maqomini berish bo‘yicha olib borilayotgan munozaralarga munosabat bildirdi. Uning to‘liq matni bilan quyida tanishish mumkin.

    Ma’lumot uchun:UNESCO ekspertlari 1953-yilda “davlat tili” va “rasmiy til” tushunchalarini farqlashni taklif etgan. Unga ko‘ra, davlat tili — siyosiy, ijtimoiy va madaniy sohalarda ma’lum bir davlatda integratsiya (birlashtiruvchi) vazifasini amalga oshiradigan, shuningdek ushbu davlatning ramzi sanaladigan tildir; rasmiy til — davlat boshqaruvi, qonunchilik, sud jarayoni tilidir. Ushbu ikki ta’rif tushuntirish-tavsiya sifatida qabul qilinadi, barcha mamlakatlar uchun majburiy emas.

    O‘zbekiston — ko‘p millatlik davlat. Respublikada 130 dan ortiq millat va elat vakillari istiqomat qiladi. O‘zbekiston aholisining 80 foizdan ortig‘ini o‘zbeklar tashkil etib, ularning umumiy aholi sonidagi ulushi muntazam oshib bormoqda. Shuningdek, boshqa millatlarning katta jamoalari ham mavjud. 10 foizdan ortig‘i — Markaziy Osiyo xalqlarining boshqa vakillari (5 foizga yaqini — tojiklar, 3 foizga yaqini — qozoqlar, 2 foizi — qoraqalpoqlar, 1 foizi — qirg‘izlar, shuningdek turkmanlar va boshqalar). Rus va boshqa slavyan xalqlari vakillari respublika aholisining 10 foizini tashkil qiladi.

    O‘zbekistonning “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonuni (yangi tahriri)ga muvofiq, O‘zbekistonning davlat tili o‘zbek tilidir. O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi respublika hududida yashovchi millat va elatlarning o‘z ona tilini qo‘llashdan iborat konstitutsiyaviy huquqlariga monelik qilmaydi. Fuqarolar millatlararo muomala tilini o‘z xohishlariga ko‘ra tanlash huquqiga egadirlar. Shu bilan birga, O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi barcha millat va elat tillariga hurmat ko‘rsatiladi va ularning rivoji uchun sharoitlar yaratadi. Ommaviy axborot vositalari O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi millat va elatlarning bir necha tillarida efirga uzatiladi va chop etiladi.

    Shuningdek, ish yuritish va kundalik foydalanishda tillarni tanlash va ishlatish bilan bog‘liq muammolar mavjud emas. “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonunga binoan korxonalarda ish yuritish va boshqa hujjatlar, notarial harakatlar davlat tilida amalga oshiriladi, zarur hollarda rus tilida yoki boshqa tillarda amalga oshirilishi ham mumkin. O‘zbekiston hududida yashovchi shaxslarga davlat tashkilotlari va muassasalariga, jamoat birlashmalariga arizalar, takliflar, shikoyatlar bilan davlat tilida va boshqa tillarda murojaat qilish huquqi ta’minlanadi.

    Davlat tili hamda zamonaviy O‘zbekiston hududida keng tarqalgan va uning huquqiy maqomiga o‘zgartirishlar kiritilgan rus tili bilan bir qatorda hududlarda boshqa tillardan ham foydalanib kelinadi. Misol uchun, Qoraqalpog‘istonda qoraqalpoq tili ham rasmiy til hisoblanadi. Farg‘ona viloyatining So‘x tumanida esa aholining aksar qismi etnik tojiklar bo‘lib, u yerda tojik tilida ta’lim olib boriluvchi 24 ta maktab, 2 ta litsey va 2 ta kasb-hunar kolleji mavjud. Surxondaryo, Samarqand, Buxoro, Namangan va boshqa hududlarda tojik tilidagi OAV, maktablar, litseylar, kasb-hunar kollejlari va oliy ta’lim muassasalarining bo‘limlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Toshkent va Navoiy viloyatlarida, shuningdek, Qoraqalpog‘istonda qozoq tilida o‘qitiladigan maktablar va oliy ta’lim muassasalarining bo‘limlari mavjud. Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘istonda turkman tilida ta’lim beriluvchi maktablar faoliyat ko‘rsatmoqda.

    “Yuksalish” umummilliy harakati ma’lum bir tilga O‘zbekiston hududida maxsus maqom berilishini maqsadga muvofiq deb hisoblamaydi. Chetdan kirib kelayotgan har qanday xorijiy til ta’siri ona tili va milliy madaniyatga tahdid solishi mumkin. Misol uchun, Shvetsiyada ingliz tilidan faol foydalanish natijasida turli soha faoliyatida shved tilidan foydalanilmay qo‘yildi. Shved tili davlat tili sifatida yo‘qolib bormoqda. Mustamlakachilik tarixiga ega bo‘lgan ko‘plab mamlakatlarda eski mustamlaka tillari ijtimoiy hayot tili hisoblanadi, ona tili esa faqatgina uyda foydalanish va norasmiy kundalik aloqada qo‘llaniladi.

    Bundan tashqari, ko‘p millatli O‘zbekistonda yuridik jihatdan ma’lum bir tilga davlat tiliga teng bo‘lgan maxsus maqom berilishi jamiyatda qandaydir darajada keskinlik, uning bo‘linishi va etnik qarama-qarshiliklarni yuzaga keltirishi mumkin. Boshqa tillarni bilmaslikni yetarlicha baholamaslik zararli va progressiv rivojlanish jarayonini sekinlashishiga xizmat qiladi. Shu bilan birga, bugungi kunda zamonaviy o‘zbek tili, shu jumladan adabiy til qanday o‘zgarayotganiga guvoh bo‘lyapmiz. O‘zbek tiliga chet ellik so‘zlarning kirib kelishi, kelib chiqishi va shakllanishi chuqur ildizga ega o‘zbek tilining tarixiy ahamiyati yo‘qolib borayotganini ko‘rish mumkin.

    Davlatlar oldiga yo‘nalishlar va zamonaviy global jarayonlarga qo‘shilish vazifasini qo‘yayotgan mintaqalashuv va globallashuv davrida an’anaviy qadriyatlar hamda milliy va madaniy o‘ziga xoslikni saqlab qolish kabi muhim jihatlarning jamlanmasi insoniyat rivojining asosiy omili hisoblanadi.

    Mavzuga doir: Zuhriddin Isomiddinov: Da’vogar sust bo‘lsa, qozi muttaham bo‘ladi yoki O‘zbekistonda rus tiliga rasmiy til maqomi berishning xavfi nimada?

    04.05.2019, 23:15   Izoh (0)   13457
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonning Polshadagi birinchi elchisi tasdiqlandi

    04.05.2019, 22:54

    Toshkentda uch tanishini 298 ming dollarga chuv tushirgan shaxs qo‘lga olindi

    04.05.2019, 22:12

    Toshkentda yo‘l talashib, haydovchiga jarohat yetkazgan fuqaro qo‘lga olindi

    04.05.2019, 21:51

    O‘zbekiston Oliy sudining yangi tarkibi tasdiqlandi

    04.05.2019, 21:09

    O‘zbekiston Markaziy bankida kiberjinoyatlarga qarshi kurash laboratoriyasi ochildi

    04.05.2019, 20:48

    O‘zbekiston Bosh prokuraturasida Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimiga mas’ul yangi boshqarma va bo‘lim tashkil etildi

    04.05.2019, 20:06
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda soliqqa oid nizolarni sudgacha hal qilish tartibi soddalashtiriladi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 17:10

    AQSH harbiy aerodromlarni “robot bo‘rilar” himoya qilmoqda (foto)

    Layfstayl | 12 iyul, 16:35

    Toshkentda Cobalt haydovchisi Lacetti’ni “dubinka” bilan urib qochib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 12 iyul, 16:20

    “Yuventus” Sanchoni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin

    Sport | 12 iyul, 16:02

    Chinozda o‘z opasini o‘ldirib, 7 kun gilam ichida saqlagan ukaga hukm o‘qildi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 16:00

    Lego “Transformerlar”dagi Saundveyv deseptikon ko‘rinishidagi yangi konstruktorni taqdim etdi

    Qo‘ziqorin | 12 iyul, 15:20

    Messi Levandovski bilan o‘rtasidagi mojaroga oydinlik kiritdi

    Sport | 12 iyul, 14:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.