30-aprel, seshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining 1/2 finalining dastlabki o‘yinida Maurisio Pochettino qo‘l ostidagi Londonning “Tottenhem” klubi o‘z uyida Amsterdamning “Ayaks” jamoasi bilan bahsga kirishdi.
Uchrashuvdagi yagona gol 15-daqiqada amsterdamliklar yarim himoyachisi Donni van de Bek tomonidan kiritildi (1:0).
Shu tariqa “Ayaks” mehmonda kechgan bahsda “shporlar”ni kichik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi.
Eslatib o‘tamiz, jamoalar o‘rtasidagi o‘zaro javob o‘yini 9-may kuni “Ayaks” maydonida bo‘lib o‘tadi.
YChL
1/2 final bahsi
30-aprel, seshanba
“Tottenhem”—“Ayaks” 0:1
Gol: 0:1 — 15 van de Bek“Tottenhem”: Lyoris, Sanches, Alderveyreld, Rouz (Devis, 79), Vertongen (Sissoko, 39), Lukas Moura, Eriksen, Alli, Vanyama, Trippier (Foyt, 80), Lyorente
“Ayaks”: Onana, de Ligt, Talyafiko, Veltman, Blind, van de Bek, Ziyosh (Huntelar, 87), Tadich, Shyone (Mazraui, 65), Neres, de Yong
Ogohlantirishlar: Talyafiko (30), Veltman (63)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)