O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2018-yil 12-dekabrdagi “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2019—2021-yillarda texnik reglamentlarni ishlab chiqish rejasi belgilandi, bu haqda O‘zA ma’lumot beradi.
Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti Matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, institut tomonidan “Bolalar o‘yinchoqlarining xavfsizligi to‘g‘risida”gi texnik reglamentni ishlab chiqish jarayonlari boshlangan.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert kengashlari ham shakllantirildi. Ushbu texnik reglamentda xavfsizlik choralari ko‘zda tutilgan.
“Bolalar o‘yinchoqlarining xavfsizligi to‘g‘risida”gi umumiy texnik reglament loyihasi tayyorlandi va O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi regulation.gov.uz portaliga joylashtirildi.
Ayni paytda mazkur hujjat muhokamasi davom etmoqda.
Izoh (0)