• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    2019-yil 1-maydan O‘zbekiston qonunchiligida nimalar o‘zgardi?

    Norma 2019-yilning 1-mayidan qonunchilikda yuz bergan o‘zgarishlar haqidagi ma’lumotlarni taqdim etdi.

    Foto: Instagram/@valdemarios

    Foto: Instagram/@valdemarios

    Bolalar bog‘chalarida bolalar uchun to‘lov oshirildi

    Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovining miqdorlari oshirildi. Ilgarigidek, bolalar bog‘chasi joylashgan joy va uning ish rejimi summaga ta’sir ko‘rsatadi. 2018–2019-yillardagi stavkalarning solishtirma tahlili — bu yerda.

    Qizilmiya yetishtiruvchilar plantatsiyalarni tashkil etishlari shart

    Qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash tashkilotlari uyushmasi (bundan keyin — Uyushma) a’zolariga qo‘shimcha talablar amal qila boshladi. Xususan, Uyushma a’zolari – qizilmiya ekstrakti ishlab chiqaruvchilari 2024-yil 1-yanvargacha har yili 100 gektardan kam bo‘lmagan maydonda qizilmiya plantatsiyalarini tashkil etishlari shart.

    Qo‘shimcha imtiyoz va preferensiyalar ham nazarda tutilgan:

    • Xalqaro laboratoriyalarni akkreditatsiya qilish tashkiloti (ILAC) va Xalqaro akkreditatsiya qilish forumining (IAF) to‘laqonli a’zolari hisoblangan mamlakatlarning sertifikatlash organlari tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatlari yoki sinovlar protokollari taqdim etilganda o‘zlarining ishlab chiqarish ehtiyojlari, plantatsiyalar tashkil etish hamda qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklardan yuqori qo‘shilgan qiymatga ega bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarish uchun Uyushma a’zolari tomonidan olib kelinadigan tovarlarni sertifikatlash talab etilmaydi;
    • joriy yilning 1-aprelidan 30-dekabrigacha bo‘lgan davrda Fanlar akademiyasining ijobiy xulosasini inobatga olgan holda, Uyushma buyurtmanomasiga ko‘ra, Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan qizilmiyadan foydalanish uchun qo‘shimcha kvotalar ajratiladi.

    Xotin-qizlar cheklovlarsiz ishlashlari mumkin

    Xotin-qizlarning mehnat huquqlari va tadbirkorlik faoliyatiga oid masalalarda yangi qoidalar:
    • birinchidan, ayollar mehnatini muayyan soha yoki kasblarda qo‘llash bo‘yicha taqiqlar bekor qilindi (Mehnat kodeksining 225-moddasi, shuningdek ro‘yxatga qarang). Uning o‘rniga ayollar sog‘lig‘iga salbiy ta’sir etishi mumkin bo‘lgan soha va kasblar tavsiyaviy ro‘yxati tasdiqlandi;
    • ikkinchidan, agar otasi bola parvarishlash ta’tilining kamida uch oyidan foydalansa, ota yoki onadan biriga Mehnat kodeksining 234-moddasida belgilangan tartibda qo‘shimcha 1 oy nafaqa to‘lanadigan bola parvarishlash ta’tili beriladi;
    • uchinchidan, 2 yoshga to‘lmagan farzandini tarbiyalovchi ota-onalardan biriga ularning ish paytidagi dam olish va ovqatlanish, bolani ovqatlantirish uchun beriladigan tanaffuslar hisobidan ish beruvchi bilan kelishgan holda kun davomida foydalaniladigan tanaffus vaqtini belgilash huquqi beriladi;
    • to‘rtinchidan, ayollarning pensiya yoshiga to‘lganligi (Mehnat kodeksining 100-moddasi 7-bandi) yoki qonun hujjatlariga muvofiq yoshga doir davlat pensiyasini olish huquqi vujudga kelganligi sababli ular bilan tuzilgan nomuayyan muddatli mehnat shartnomasini 60 yoshga to‘lgunga qadar, shuningdek muddatli mehnat shartnomasini muddati tugagunga qadar ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilish taqiqlanadi;
    • beshinchidan, erkak va ayollar huquqlari tengligining buzilishi bilan bog‘liq ishlarning sudlarda ko‘rib chiqilishida ayollarga advokatlar tomonidan ko‘rsatiladigan yuridik xizmat uchun haq ularning xohishiga ko‘ra davlat hisobidan qoplanadi.

    Qishloq xo‘jaligi vazirligida va “mahallalarda” ish haqi oshirildi

    Qishloq xo‘jaligi vazirligi markaziy apparati xodimlarining lavozim maoshlarini belgilashda yagona tarif setkasi bo‘yicha tasdiqlangan tarif koeffitsiyenti 1,4 baravarga, hududiy bo‘linmalarda 1,2 baravarga oshirildi.

    Fuqarolar yig‘inlari raislari va mas’ul kotiblarining oylik mehnatga haq to‘lash fondi 1-maydan 1,25 baravarga oshirildi (ikkinchi indeksatsiya 1-oktabrda amalga oshiriladi – 1,2 baravarga).

    O‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni e’tirof etish bo‘yicha aksiya tugadi

    O‘tgan yildan jismoniy shaxslarning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari yoki imorat qurish uchun ruxsatnoma olmasdan qurilgan turar joylariga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasi o‘tkazila boshladi. Bunda bir qator shartlar amal qildi, aksiya o‘tkazish tartibi — bu yerda. Ushbu tadbir muddati 1-mayda tugadi.

    Sud boshqaruvchilari yangicha tartibda tayinlanadi

    Sud boshqaruvchilarining ishi takomillashtirilmoqda:

    birinchidan, soliq organining arizalari bo‘yicha qo‘zg‘atilgan bankrotlikning soddalashtirilgan taomillarini o‘tkazishda sud boshqaruvchisi soliq organi xodimlari orasidan tayinlanmaydi;

    ikkinchidan, soliq organining arizalari bo‘yicha qo‘zg‘atilgan bankrotlikning soddalashtirilgan taomillarini o‘tkazishda:

    • to‘rtinchi toifali sud boshqaruvchisi attestatiga ega bo‘lgan va O‘zbekiston sud boshqaruvchilari assotsiatsiyasi (bundan keyin – Assotsiatsiya) a’zolari hisoblangan shaxslar sud boshqaruvchisi etib tayinlanadi;
    • har bir yakunlangan tugatishga doir ish bo‘yicha Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan sud boshqaruvchilariga EKIHning 20 baravari miqdorida haq to‘lanadi;
    • soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlikni uzishda to‘langan qarz summasining 5%i miqdorida sud boshqaruvchilariga qo‘shimcha haq to‘lanadi;
    uchinchidan, sud boshqaruvchilarining faoliyati “fuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini yuritish” ixtisoslashuvi bo‘yicha litsenziyaga ega bo‘lgan va sud boshqaruvchisi attestatini olgan advokatlar tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin;

    to‘rtinchidan, sud boshqaruvchilarini tayinlash kreditor (kreditorlarning umumiy yig‘ilishi yoki qo‘mitasi) yoki bankrotlik ishlari bo‘yicha vakolatli davlat organi yoxud Assotsiatsiya va uning hududiy tuzilmalari taqdimnomasi bo‘yicha ular faoliyatini reyting baholashni hisobga olgan holda sud tomonidan amalga oshiriladi.

    Yog‘och import qiluvchilar uchun imtiyoz bekor qilindi

    Yog‘och-payraha plitalar va yog‘ochdan yasalgan shunga o‘xshash plitalar yoki qatron yoki boshqa organik bog‘lovchi moddalar shimdirilgan yoki shimdirilmagan boshqa yog‘ochsimon materiallarni (TIF TN kodi 4410, 4410 11 300 0 dan tashqari) chetdan keltirishda yuridik shaxslarni import bojxona boji va QQS to‘lashdan ozod qilish tarzidagi 2003-yildan buyon amal qilib kelgan imtiyoz bekor qilindi.

    Charm va mo‘yna xomashyosini olib chiqish — monitoring ostida

    O‘zbekiston bojxona chegarasi orqali charm va mo‘yna xomashyosini olib chiqishni monitoring qilish tartibi joriy etildi.

    01.05.2019, 17:08   Izoh (0)   52930
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent shahar klinik psixiatriya shifoxonasida bemorga tibbiy xodimning qo‘pol munosabatda bo‘lgani yuzasidan tekshiruv o‘tkazilmoqda

    01.05.2019, 16:42

    Gulnora Karimovaning sobiq eriga tegishli 7 milliard so‘mdan ortiq mulk auksionga qo‘yildi

    01.05.2019, 16:33

    Yong‘in xavfsizligi instituti jamoasi Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan urush va mehnat faxriylarini tabrikladi (foto)

    01.05.2019, 16:20

    Toshkentda sportchi Murod Xonto‘rayevni pichoqlagan shaxslar ustidan sud bo‘lib o‘tmoqda

    01.05.2019, 16:11

    Namanganda maktab va bog‘chalarga yaqin joylarda yangi yo‘l belgilari o‘rnatilmoqda (foto) 

    01.05.2019, 15:57

    Toshkent aeroporti modernizatsiyasi 470 mln dollarga baholandi

    01.05.2019, 14:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jaziramada jonning huzuri: uy uchun qanday konditsioner tanlash kerak?

    Maslahatlar | 8 avgust, 19:55

    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit

    Reklama | 8 avgust, 19:30

    “Tramp Yevropaga nisbatan haqli siyosat olib boryapti” — Lukashenko

    Dunyo | 8 avgust, 19:46

    Hokimliklar xodimlari uchun oyliklar va mukofot pullari ish sifatiga qarab to‘lanadi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 19:29

    Jahon banki Tojikistonga islohotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 50 mln dollar ajratadi

    Dunyo | 8 avgust, 19:18

    Isroil Falastin tufayli London bilan hamkorlikni to‘xtatishi mumkin — Times

    Dunyo | 8 avgust, 19:00

    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi

    Reklama | 8 avgust, 18:00

    Yuzdagi charchoqni kosmetika bilan yashirish bo‘yicha mashhur ayollardan layfxaklar

    Shou-biznes | 8 avgust, 18:50

    Farg‘onada 17 yoshli qizga shilqimlik qilgan mahalla raisiga 4 sutka berildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 18:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.