27-aprel kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumani 2-dahasida joylashgan avtomashinalarni yuvish shoxobchasida o‘g‘irlik holati yuz berdi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: “Afisha.uz”

Shoxobcha ishchisi D.B. bu yerga mijoz sifatida kelgan G‘.X.ning Cobalt rusumli avtomashinasi yukxonasidan 2 850 AQSh dollarini o‘g‘irlagan.

Ko‘rilgan choralar natijasida D.B. qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.