Chili janubida yoshi 15,6 ming yilni tashkil etuvchi odam izlari topildi, deb xabar berdi “TASS”.

Foto: AP

Janubiy Chili universiteti olimlari bu izlarni 2011-yili, Osorno shahrida olib borilgan qazishma ishlari vaqtida topgan edi. Mutaxassislar oradan bir necha yil o‘tgach bu izlar 2,588 million yil avval boshlanib, 11,7 ming yil avval tugagan so‘nggi Pleystotsen davriga oidligini aniqladi.

“Amerikada boshqa odam izlari ham mavjud, lekin ularning birortasida bunday katta yosh aniqlanmagan”, — deydi tadqiqot rahbarlaridan biri arxeolog Karen Moreno. Uning so‘zlariga ko‘ra, topilmaning yoshini aniqlashga qazishma joyidan olingan organik o‘simlik materiallari yordam bergan.

Olimlarning ta’kidlashicha, qazishmalardan olingan tuproq qatlamida toshdan yasalgan qurollar topilgan bo‘lib, bu Janubiy Amerikada o‘sha paytlarda odam yashagan, deb hisoblashga asos bo‘lishi mumkin. Chililik arxeologlar bundan avval ham 14,6 ming yillik izni topgan edi, biroq shungan keyin ham bu qit’aga odamlar qachon kelib joylashgani haqidagi bahs-munozalar to‘xtamadi.

Hozirgi vaqtda eng qadimgi odam izlari Tanzaniyada topilgan bo‘lib, uning yoshi 3,5 million yilga teng, deb baholanadi.