Germaniyaning Lyudvig-Maksimilian universiteti olimlari Madagaskarda qurbaqaning avval ma’lum bo‘lmagan beshta turini topdi, deb xabar berdi National Geographic.
Ulardan eng kichigi bo‘lgan Mini mum va Mini scule qurbaqalarining kattaligi 8—11 millimetr keladi. “Eng yirigi” Mini ature esa uzog‘i bilan 15 millimetrgacha yetadi.
Yana bir juft yangi qurbaqalar esa Rhombophryne va Anodonthyla turlariga kiritilgan. Ularning kattaligi o‘rtacha 12 millimetr keladi.
Paedophryne amauensis qurbaqasi yuqoridagi qurbaqalardan kichikroq bo‘lib, uning kattaligi 7,7 millimetrni tashkil etadi.
Izoh (0)