Kubalik olimlar Syenfuegos provinsiyasining Damuxi hududida olib borilgan qazishmalarda juda ko‘p miqdordagi pterozavr qoldiqlarini topdi. Bu haqda “Korrespondet.net” xabar berdi.
Mutaxassislarning fikricha, reptiliya Bo‘r davrida yashagan (145-66 million yil avval).
Topilma AQShning Montana universiteti mutaxassislari tomonidan ham o‘rganilgan. Aynan ular ushbu qoldiqlar sayyoradagi qadimiy jonzotlarning qaysi turiga tegishli ekanligini aniqlagan.
Xabarda aytilishicha, pterozavrlar havoga uchgan birinchi umurtqali hayvonlar edi. Ularning qanotlari teri va boshqa to‘qimalardan iborat bo‘lgan membranadan shakllangan bo‘lib, old oyoqlarning uzunlashgan to‘rtinchi barmog‘iga birikkan.
Izoh (0)