2019-yil 26-aprel kuni, 2 noma’lum shaxs Toshkent shahri Yunusobod tumanining 18-dahasida fuqaro Sh.N. ismli qizdan kuch ishlatish yo‘li orqali iPhone va Redmi rusumli mobil telefonlarini olib qo‘yib, voqea joyidan yashiringan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi Telegram’dagi rasmiy axborot kanalida xabar beradi.
Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni Sergeli tumani Nilufar ko‘chasida yashovchi O.J. va Shayxontohur tumani Ipakchi ko‘chasida yashovchi F.B.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)