Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi hamda Falcon Hunting Solutions kompaniyasi tomonidan “Orolga hayot qaytmoqda” shiori ostida yo‘rg‘a tuvaloqlar Mo‘ynoq hamda Qo‘ng‘irot tumanlarida tabiatga qo‘yib yuborildi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tabiat qo‘yniga 1000 bosh qush uchirma qilingan bo‘lib, ular Birlashgan Arab Amirliklariga qarashli bo‘lgan International fund for houbara conservation markazida ko‘paytirilgan.
Joriy yil mart oyida ham 2382 bosh yo‘rg‘a tuvaloq Qizilqum cho‘li yalangliklariga qo‘yib yuborilgan edi.
Ma’lumot uchun, yo‘rg‘a tuvaloqlar 2009-yilda O‘zbekiston Qizil kitobiga noyob tur sifatida kiritilgan.
Izoh (0)